Beqiyos sintaksisi. Birinchi ko'rinish
Ana endi Beqiyos dasturlash tili haqida kengroq tasavvurga ega bo'la boshlaymiz. Haqiqiy kodlar ustida muhokamalar qilamiz. Sintaksis bo'yicha ilk namunalarga kelishib olamiz.
Dasturlash tili haqida ma'lumotlar, yangiliklar va texnik maqolalar.
Ana endi Beqiyos dasturlash tili haqida kengroq tasavvurga ega bo'la boshlaymiz. Haqiqiy kodlar ustida muhokamalar qilamiz. Sintaksis bo'yicha ilk namunalarga kelishib olamiz.
Beqiyos dasturlash tili qanday bo'ladi? Keling, mavhum g'oyalarni endi aniq texnik o'ziga xos xususiyatlarga aylantiraylik. Hali tadbiq etishni boshlamagan bo'lsakda, tilning DNKsini aniqlashtirib olishimiz kerak. Demak, bu til dizayniga umumiy nuqtai nazar bo'ladi.
Beqiyos mutloq O‘zbek tilidagi dasturlash tili bo‘lib, barcha kalit so‘zlar, qo‘llanma va hattoki xatolik xabarlari ham O‘zbek tilidadir. Biz ushbu dasturlash tili ustida ishlashni boshladik. Bilamiz bu oson bo‘lmaydi. Chunki, til cheklovlari va oldinda ko‘p mashaqqat bor. Ammo, biz barcha to‘siqlardan oshib o‘tishga tayyormiz. Chunki, u samarali yoki samarasiz bo‘lsin, har bir harakat ortida natija bor. Hamma harakat qilganlar ham erishmaganlar. Ammo, erishganlarning hammasi harakat qilganlardir. Shuning uchun ko‘p emas, samarali ishlash kerak deb davom etamiz.