← Maqolalarga qaytish
Men haqimda

Men haqimda


Men, Otabek Sadiridinov (Sadiridinov Otabek Faxriddin o‘g‘li), 2001-yil 15-sentabrda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilganman. Men dasturchi, bloger va kontent yaratuvchisiman.

Hozirda men o‘zbek YouTube segmentida UzHandy va Vista Academy kabi kanallar orqali web dasturlash bo‘yicha ta’limiy videolar va qo‘llanmalar tayyorlab kelmoqdaman. Ushbu loyihalar orqali yoshlarga dasturlash sirlarini o‘rgatish va IT sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirishni maqsad qilganman.

Men Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti akademik litseyida va keyinchalik Hidoya o‘rta maxsus islom bilim yurtining Islomshunoslik fakultetida tahsil olganman. Dasturlash sohasidagi faoliyatim davomida CompassX Ltd kompaniyasida katta veb-dasturchi (Senior Web Developer) sifatida tajriba orttirganman.

Ushbu blogda men o‘z tajribalarim, dasturlash sohasidagi yangiliklar va turli texnologiyalar haqida o‘z fikrlarimni ulashib boraman. Meni kuzatib boring va birgalikda o‘rganamiz!


Fikr-mulohazalar